"Man Siti" yarim himoyachisi "Yuventus"ga o'tishga yaqin

Narzulla Saydullayev
18 dek 2023
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kelvin Fillips Turinning "Yuventus" klubiga o'tishga yaqin.

Kelishuvga erishilishdagi asosiy sabab "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiolaning angliyalik uning rejalariga kirmasligini aytgani bo'ldi.

28 yoshli futbolchining Angliya klubi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali uni 28 million evroga baholamoqda.

Fillips joriy mavsum barcha musobaqalarda 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Eslaib o'tamiz, xavbek "Manchester Siti"ga o'tgan yozda "Lids"dan 49 million evro evaziga o'tgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Tuttomercatoweb