"Man Siti" UEFA klublar reytingida yetakchiga aylandi. Ikkinchi o'rinda - "Bavariya"

Administrator
11 iyun 2023, 19:25
Mavsum yakunlariga ko'ra Yevropa klublarining reytigi ma'lum bo'ldi.

UEFA 2022-2023 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra klublar reytingini yangiladi.

YCHL g'olibiga aylangan "Manchester Siti" kutilgandek reyting peshqadamiga aylandi. Ikkinchi o'rinni "Bavariya" egalladi, uchinchi o'rin esa "Chelsi"ga nasib qildi.

Keyingi o'rinlarda "Liverpul", "Real", PSJ, MYU,"Yuventus", "Barselona" va "Roma" qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, UEFA reytingi oxirgi 5 mavsumdagi natijalardan kelib chiqib tuziladi.


AdministratorMuallif
Manba: uefa.com