“Man Siti” prezidenti: “Xolandni 4-5 yil davomida kuzatdik”

Eldor Akmurzayev
31 may 2022, 09:15
“Manchester Siti” xo'jayini Xoldun Al Muborak “Borussiya D”dan xarid qilingan Erling Xoland haqida gapirdi.

“Xolandni Norvegiyadagi ilk kunlaridan boshlab Dortmundga ko'chib o'tgungacha bo'lgan davr, yani, 4-5 yil davomida kuzatib bordik. Uning yildan-yilga o'sib borayotganini sezdik va juda iqtidorli, umidli yosh futbolchidan dunyoning eng zo'r hujumchilaridan biriga aylanganini ko'rdik.

Har qanday top klub uni sotib olishni istagandi va Xoland bizga nasib etganidan xursandman. Klub uchun bu ideal kelishuv. Biz uchun ajoyib lahzalar beroladigan fenomenal o'yinchiga erishdik”, deydi Al Muborak.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: mancity.com