

“Shaharliklar” futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlashdi. Inglizlar “Barselona” hujumchisi Lionel Messi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Ushbu masala hal bo'lishi bilan ular “Napoli” himoyachisining transferini ham ijobiy hal etish niyatida.
Ilgariro OAVlarda “Manchester Siti” Kulibali bilan 50 million evro evaziga besh yillik shartnoma tuzganligi haqida xabarlar tarqatilgandi. 2019/20 yilgi mavsumda Kalida A seriyada 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 7 bor sariq kartochka bilan “siylandi”. U 2014 yildan buyon “Napoli” sharafini himoya qilib kelmoqda.



