Mamurjon Otaqulov: "Yigitlarda charchoq alomati ko'rinib qoldi"

Mirjalol Normatov
1 iyun 2023
O'zbekiston kubogi musobaqasining 3-turidan o'rin olgan "Andijon SGS” - “G'ijduvon" (5:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Mamurjon Otaqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yin haqida aytadigan bo'lsam, 3-4 nafar asosiy futbolchilarimiz jarohat sabab o'yinga kela olishmadi. Bundan tashqari yo'lda tirbandliklarga duch keldik. Ancha vaqt mobaynida yo'lda qolib ketdik. Shu boisdan ham tayyorgarlik jarayoni ko'ngildagidek bo'lmadi.

- Birinchi bo'limning 20-daqiqasidayoq 3 ta to'p o'tkazib yubordinglar. Bunga qanday izoh berasiz?

- Yigitlar balki o'yinga mas'uliyat bilan yondashmagandir. Bosh murabbiyimiz betobligi sabab o'yinga kela olmadi. Qolaversa, bizda charchoq alomatlari ham ko'rinib qoldi.

- Jamoangiz futbolchilari maydonda o'zaro tortishib ketishdi. Tartib-intizom borasida muammolar bormi?

- Juda tez gollar o'tkazib yubordik. Bunaqa xolatda har qanday jamoada kayfiyat yaxshi bo'lmaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia