Malkom "Al Jazira"ga o'tdi

22 avg 2026, 12:20
“Al Hilol” sobiq hujumchisi Malkom faoliyatini BAA chempionatida davom ettiradi.

29 yoshli braziliyalik futbolchi "Al Jazira" bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi. Bu haqda BAA klubi matbuot xizmati ma'lum qildi. Kelishuv tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.

Avvalroq juma kuni Malkom 2023 yildan beri o'ynagan Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi bilan shartnomasini bekor qilgan edi. Shu vaqt ichida braziliyalik futbolchi 139 ta o'yin o'tkazib, 47 ta gol urdi va 41 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: jc.ae