Maksi Lopes "Sampdoriya" bilan shartnoma tuzishga yaqin
Tolibjon Qosimov
27 yanv 2014, 15:35
"Kataniya" hujumchisi Maksi Lopes "Sampdoriya" bilan shartnoma tuzishga yaqin, deb xabar bermoqda "Sport Mediaset".
Ayni paytda klub bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich 29 yoshli argentinalik futbolchi bilan muzokara o'tkazmoqda. Qisqa vaqt ichida tomonlar kelishuvga erishishlari mumkin.