Mahrez: "2016 yilda "Arsenal"ga o'tishga yaqin edim"

Alisher
29 noya 2020
Jazoirlik futbolchi "Lester"dan ertaroq kyetishni xohlagan edi.

"Manchester Siti" xavbeki Riyod Mahrez 2016 yilda Londonning "Arsenal" klubiga o'tishga yaqin bo'lganini aytdi.

"Ha, "Arsenal" men bilan 3 yil oldin shartnoma imzolamoqchi edi, ammo o'shanda meni qo'yib yuborishmagan, shu sabab yuqori darajada o'ynab, 2 yil yo'qotganman. Butun 2 yil!

Meni "Man Siti"ga 24 yoki 25da berish o'rniga, 27 yoshda berishgan! "Lester"da o'sha paytda menga aytishgan edi: "Sen keta olmaysan, kyetishing mumkin emas", - deydi Mahrez.

Eslatib o'tamiz, Mahrez 2018 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: goal.com