

"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Xarri Maguayr endi jamoa sardori emas. Bosh murabbiy Erik ten Xag shunday qarorga keldi.
"Bosh murabbiy bugungi suhbatda menga sardor o'zgarishini ma'lum qildi. U bu qarorga kelishiga nima turtki bo'lganini menga tushuntirdi. Men juda xafa bo'lsam ham jamoa uchun borimni berishda davom etaman. Uch yarim yil davomida sardor bo'ldim. Bu jamoadagi eng ahamiyatli o'rinlardan biri.
Sulsherdan bunday imkoniyatni menga bergani uchun doim minnatdorman, -deb yozadi Xarri Maguayr.
Ma'lumot uchun, avvalroq, MYU Maguayrni 50 mln funt evaziga sotish niyatida ekanligi ma'lum qilingandi. "Vest Xem" esa himoyachini ijaraga olmoqchi.



