Lyuka Din: "Roma" tufayli Angliya klubiga o'tmadim"
Narzulla Saydullayev
23 sen 2015, 20:30
"Roma" himoyachisi Lyuka Din yozda Angliya klublaridan biriga o'tishi mumkinligini aytib o'tdi.
– "Roma" tufayli Angliya klubiga o'tganim yo'q. Ha, bu yerda meni juda yaxshi kutib olishdi. Jamoa uchun borimni beraman, bunga shubha yo'q, - deydi Din Fransiya matbuotiga.