Lyuk Shou: "Ten Xag kelgandan so'ng klubda ishga bo'lgan munosabat o'zgardi"

Administrator
2 avg 2023
Murabbiy jamoa muhitini o'zgartirgan.

"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Lyuk Shou jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag haqida fikr bildirdi.

"Klubda madaniyat, ishga bo'lgan munosabat o'zgardi. Qiyin mashg'ulotlar, intensivlik va hakazo. Murabbiy bizdan buni har kuni talab qiladi. 

U biz har doim eng yuqori darajada bo'lishimizni xohlaydi. To'g'ri hayot tarzini kechirishimizni murabbiy bizdan talab qiladi. Chunki futbol bizning hayot tarzimiz", -deydi Lyuk Shou.



AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports