Lyuk Shou o'rniga 21 yoshli futbolchi Angliya terma jamoasiga chaqirildi

Tolibjon Qosimov
10 sen 2018, 14:01
"Lester" himoyachisi Ben Chilvel jarohat olgan Lyuk Shouning o'rniga Angliya terma jamoasiga chaqirildi.

Shou Ispaniyaga qarshi bahsda Dani Karvaxal bilan to'qnashuvdan so'ng miyasi chayqalgan edi. U ertaga Manchesterga qaytadi va tibbiy tekshiruvdan o'tadi. Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi ma'lum qildi.

Shuningdek, "Lester"ning yana bir o'yinchisi Demarey Grey ham milliy terma jamoaga chaqirildi. Chilvel ham, Grey ham shu kunga qadar Angliya U-21 terma jamoasida to'p tepib kelayotgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: thefa.com