Lyuk de Yong iyungacha "Barsa"dan kyetmaydi. Klub Xolandga yozda pul yo'naltirish uchun qishda yangi forvard olmaslikka qaror qildi

Alisher
24 yanv 2022
"Barselona" hujumchi Lyuk de Yong borasidagi rejalarini o'zgartirdi.

Kataloniya klubi 31 yoshli forvardni iyungacha tarkibida saqlab qoladi. Eslatib o'tamiz, de Yongning huquqi "Sevilya"ga tegishli, u "Barsa"da ijara asosida o'ynamoqda.

Yanvardagi o'yinlarda ketma-ket 3ta gol urgan de Yong "Barsa" rahbariyati fikrini o'zgartirdi. Kataloniya klubi forvardning ijarasini yakunlamaydi va ushbu poziciya uchun qishda o'yinchi bilan shartnoma imzolamaydi. "Ko'k-anorranglilar" iqtisod qilingan mablag'ni kelasi yozda Dortmundning "Borussiya" jamoasi o'yinchisi Erling Xolandning transferini tashkillashtirish uchun yo'naltirishadi.

Qayd etish kerakki, "Barsa" "Kadis" bilan de Yongning ketishi borasida kelishib olgan edi, ammo bu bitim endi amalga oshmaydi.

Futbolchi joriy mavsum "Barsa" tarkibida barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.




AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo