Lukas Moura - APLda xet-trik qayd etgan to'rtinchi braziliyalik futbolchi

"Tottenxem" APLning 34-turida "Xaddersfild" jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Mazkur bahsda yarim himoyachi Lukas Moura 3 ta gol urdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

26 yoshli xavbek APLda birinchi marta xet-trikka erishdi va ushbu natijasi orqali Afonso Alves, Robino va Roberto Firminodan keyin bir o'yinda 3 ta gol urgan to'rtinchi braziliyalik futbolchiga aylandi. 


Manba: twitter.com/GracenoteLive