Lukaku yoki de Bryuyne? Kurtua Chempionlar Ligasi finalida kimni qo'llab-quvvatlaydi?

Sherzod Nurmatov
27 may 2023, 14:09
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Romelu Lukaku va "Inter"ga Chempionlar Ligasi finalida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishini tiladi.

"Shaharliklar" yarim final bosqichida "Real"ni umumiy 5:1 hisobida taslim qildi. "Inter"ning final yo'lidagi so'nggi sinovi "Milan" (3:0) bo'ldi.

"Qaymoqranglilar" darvozaboni final to'qnashuvida Kevin de Bryuyneni emas, Lukakuni qo'llab-quvvatlashini aytdi:

"Umid qilamanki, Romelu Chempionlar Ligasida g'olib chiqadi. Albatta, Kevin ham u yerda bo'ladi, lekin men Lukakuni biroz yaxshiroq deb bilaman. Men uni juda hurmat qilaman", – dedi Kurtua.

"Inter"ning "Manchester Siti"ga qarshi o'yini 10 iyun kuni bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Prime Video Sport