Lukaku: "G'alabadan mamnunman, ammo fikri hayolim Eriksenda"

Mirjalol Normatov
13 iyun 2021
Belgiya va "Inter" forvardi Romelu Lukaku Evro-2020 doirasida Rossiya ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.

Daniya - Finlyandiya uchrashuvi vaqtida Lukakuning jamoadoshi Kristian Eriksen xushini yo'qotib, maydondan shifoxonaga olib ketildi. Shu boisdan uchrashuv to'xtab qoldi.

"O'yindan oldin men ham yig'ladim. O'yinga e'tibor qaratish juda qiyin bo'ldi. Boshqa futbolchilar shok holatiga tushib qolgandi.

U bilan bog'lanishga harakat qildim. Uning hayotiga hech nima havf solmayotganini o'qib, ko'nglim ancha taskin topdi. Umid qilamanki, u tezda maydonga qaytadi.

G'alabadan mamnunman, ammo fikri hayolim Eriksenda edi", - dedi Lukaku.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal