Luka Zidan U17 jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi darvozasini qo'riqlaydi

Aslanov Jasurbek
26 sen 2015
Afsonaviy fransiyalik futbolchi Zinedin Zidanning o'g'li Luka Zidan 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tadigan jahon chempionatida qatnashadigan Fransiya terma jamoasidan o'rin oldi.

Fransiya terma jamoasi guruh bosqichida Yangi Zelandiya, Suriya va Paragvay bilan o'ynaydi.

Fransiyalik o'smirlar amaldagi Yevropa chempioni hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U17 terma jamoasi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com