Luiz Felipe Skolari: "Julio Sezar JCH-2014da o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
11 sen 2013
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luiz Felipe Skolari jahon chempionati uchun tuziladigan tarkibga albatta "KPR" darvozaboni Julio Sezarni kiritishga so'z berdi.
Darvozabon o'z klubi bilan bu mavsumni chempionshipda o'tkazyapti.

"Avstralia va Portugaliyaga qarshi o'yinlarda maydonga tushgan futbolchilardan ayrimlarini jahon chempionatida o'ynaydigan 17-18ta futbolchidan iborat ro'yxatimga qo'shib qo'ysa bo'ladi", deya Skolari so'zlaridan Juliu Sezar iqtibos keltirmoqda.

"Julio Sezarga keladigan bo'lsak, u albatta jahon chempionatida ishtirok etadiganlar ro'yxatiga kiritiladi. Hattoki o'z klubi safida umuman maydonga tushmasa ham".

"Darvozabonlar uchun ajratilgan 3 o'rindan bittasi aniq uniki bo'ladi. Sezar yaxshi sport formasiga tushib olishi uchun bizda etarlicha mashg'ulot va o'rtoqlik uchrashuvlari bo'ladi. Fikrmcha, u hali ham jahonning eng yaxshi darvozabondaridan biri".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru