Luish Figu JCH-2018 favoritlari haqida gapirdi

Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Luish Figu Germaniya terma jamoasini JCH-2018 ning asosiy favoriti sifatida ko'rmoqda.

“Men Germaniya, Braziliya, Argentina va Ispaniyani favoritlar qatorida aytishim mumkin. Fransiyaning tarkibi ham chakki emas. Ammo asosiy favorit, bu germaniyaliklar. Ular doim final bosqichiga yo'l olib kelishgan. Ularda tajriba katta va JCHlarda tarix yarata olishgan”, deydi Figu Russia Today nashriga bergan intervyusida.


Manba: RT