Luis Suares “Barselona” tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 3-o'ringa ko'tarildi

6 iyul 2020, 08:37
“Barselona” La Liga 33-turi doirasida “Vilyarreal” ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda Kataloniya klubi safidagi gollardan biriga urugvaylik Luis Suares mualliflik qildi. Bu Suares uchun “Barselona” safidagi 194-gol bo'ldi. Natijada Luis klub tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 3-o'rindagi Ladislao Kubalaga tenglashdi. Luisdan oldinda Leo Messi (630 ta gol) va Sesar Rodriges (232 ta gol) bormoqda.


Manba: Gracenote Live