Luis Enrike: "Menga Mourinyu yoqadi. Faqat u Van Gal bilan bahslasha olgan"

Aslanov Jasurbek
27 noya 2022, 21:47
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike "Roma" ustozi Joze Mourinyu haqida fikr bildirdi.

Luis Enrike "Barselona" safida to'p tepgan paytlarda Joze Mourinyu Lui van Gal tarjimoni edi.

"Mourinyu hozirgi darajaga etadi deb hech kim kutmagan. U xotirjam yigit edi, ammo Van Gal biln bahslasha olgan yagona inson bo'lgan.

Hozirgacha u bilan yaxshi munosabatdaman. U menga yoqadi" - deydi Luis Enrike.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Barca Universal