Lorente va Savich "Barsa"ga qarshi o'yindan so'ng son jarohatini olishdi. Markosni Ispaniya terma jamoasida Xil almashtiradi

Alisher
4 okt 2021, 08:38
"Atletiko"ning ikki futbolchisida La Liga 8-tur doirasidagi "Barselona" (2:0)ga qarshi o'yindan so'ng jarohat aniqlandi.

Yarim himoyachi Markos Lorente o'ng sonidan mushak jarohatini oldi. U tibbiy ko'rikdan va fizioterapiya muolajasidan o'tadi va individual dastur bo'yicha ishlaydi.

Ispaniya terma jamoasi bilan u JCH-2022 saralash doirasidagi oktyabrdagi o'yinlarga bormaydi - uni "Tottenxem" xavbeki Brayan Xil almashtiradi.

Shuningdek himoyachi Stefan Savich ham jarohat oldi - uning chap oyoq sonida mushak jarohati aniqlangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/atletienglish