Lopetegi Matani Isroil va Fransiyaga qarshi bahs uchun Ispaniya terma jamoasiga chaqirmadi

Aslanov Jasurbek
17 mar 2017, 17:02
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi yaqin orada bo'lib o'tadigan xalqaro uchrashuvlarga tayyorlanadigan futbolchilar nomini e'lon qildi.

24 mart kuni ispaniyaliklar JCH-2018 saralash raundi doirasida Isroilga qarshi o'ynashadi. 28 mart kuni esa Fransiya bilan o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi.

Ispaniya terma jamoasi tarkibi

Darvozabonlar: David de Xea (Manchester Yunayted), Pepe Reyna (Napoli), Serxio Riko (Sevilya).

Himoyachilar: Xordi Alba (Barselona), Sesar Aspilikueta (Chelsi), Nacho Monreal (Arsenal), Xerard Pike (Barselona), Nacho (Real), Serxio Ramos (Real), Daniel Karvaxal (Real).

Yarim himoyachilar: Xavi Martines (Bavariya), Ander Errera (Manchester Yunayted), Serxio Buskets (Barselona), Aser Ilyaramendi (Real Sosedada), Andres Inesta (Barselona), Isko (Real), Tyago Alkantara (Bavariya), Koke (Atletiko), David Silva (Manchester Siti), Vitolo (Sevilya).

Hujumchilar: Pedro Rodriges (Chelsi), Alvaro Moratta (Real), Diego Kosta (Chelsi), Xerard Deulofeu (Milan), Yago Aspas (Selta).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com