Londonning eng yaxshi yosh futbolchisi "Liverpul"ga o'tishni istaydi

Mirjalol Normatov
7 mar 2018
"Fulxem" himoyachisi Rayan Sessenon faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishni istaydi.

Daily Express xabariga ko'ra, 17 yoshli futbolchini Angliyaning bir necha yetakchi jamoalari kuzatib bormoqda. Transfer yozda bo'lib o'tishi mumkin.

Oy boshida Sessenon 2017 yilda Londonning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qo'lga kiritgandi.

"Fulxem" ayni damda Chempionshipning to'rtinchi pog'onasini egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express