

Ulzin shahrida o'tkazilayotgan ushbu musobaqada 32 klub ishtirok etadi. Yaponining “Vissel Kobe” va “Japan FC Fresca”, Malayziyaning “Malaysia” klubi va Koreyaning eng kuchli 27 klubi orasida O'zbekistondan “Lokomotiv” klubi ham taklif etilgan.
Musobaqaga bugun start berildi va yosh “temiryo'lchilar” dastlabki o'yinni ko'pchilikka tanish bo'lgan “Poxang” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Otabek Mansurov murabbiyligi ostidagi “Lokomotiv 2004”dan tashqari guruxda “Paju” (Koreya), “Poxang” (Koreya) va “Jimpo Jij” jamoalari ham bor.
Jamoamizga ushbu musobaqada omad tilaymiz.


