

Klub rahbariyati Muxtorovni ijara asosida "Olmaliq"qa berishni lozim topdi.
Xurshid Muxtorov birinchi davrada ko'p ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. U asosan "Loko" o'rinbosarlari safida to'p tepdi. Oliy ligada esa faqat bitta uchrashuvda ishtirok etdi. "So'g'diyona" bilan kechgan o'yinda maydonga tushgan Muxtorov 90 daqiqa harakat qilishga muvaffaq bo'ldi.



