Lokomotiv: Vitaliy Denisov avgust oyining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qabul qilib oldi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2013, 09:23
Moskvaning Lokomotiv klubi muxlislari hamyurtimiz Vitaliy Denisovni avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topishgandi.
Denisov o'tgan oy bitta gol urdi va uchta golli pas oshirdi. 

Himoyachi 2 167ta ovoz oldi (52,1%). Undan keyingi o'rinni band etgan Aleksandr Samedov 877 ta ovozga (21,1) loyiq ko'rildi. Uchinchi o'rinni 12,3 foiz (513ta) ovoz olgan Maykon egalladi.

Kecha klub muzeyida Oy futbolchisi g'olibini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi, bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi. Vitaliyga sovrinni klub muxlislari topshirishdi. Taqdirlash marosimidan so'ng Denisov kelgan barcha muxlislar bilan rasmga tushdi va dastxat tarqatdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia