"Lokomotiv" va Vitaliy Denisov BAA yig'iniga uchib ketdi
Narzulla Saydullayev
11 yanv 2016
Moskvaning "Lokomotiv" klubi qishki yig'inni o'tkazish uchun BAAga uchib ketdi.
Vitaliy Denisov to'p tepayotgan jamoa bugun Moskvadan Dubayga uchdi. 11-24 yanvar kunlari BAAda yig'in o'tkazadi. Bu yig'in doirasida "temiryo'lchilar" Toshkentning "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.