

“Lokomotiv” ustozi Mirko Yyelichich ushbu forumda qatnashdi.
Osiyoda faoliyat olib borayotgan eng yetakchi deya etirof etilgan 14 nafar murabbiy qatnashgan mazkur forumda Osiyo futbolining kelajagi muhokama etildi. Xususan, Osiyo Chempionlar Ligasi Yevropa Chempionlar Ligasi bilan solishtirilib, ko'hna qitaning eng nufuzli musobaqasidan OCHL qaysi jihatlarda ortda qolayotgani, Osiyoning klublar miqyosidagi eng yirik musobaqasini yanada rivojlantirish uchun yana qanday ishlar amalga oshirilishi lozimligi kun tartibidagi asosiy masala bo'ldi.
Shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasida videotakrorlardan foydalanish, darvoza chizig'i hakamlari faoliyatini yanada takomillashtirish borasida ham so'z yuritildi. “OFK elit murabbiylari forumi”da bir qator taniqli murabbiylar ishtirok etdi.
Mirko Yyelichich kecha, 1 sentyabr kuni Toshknetga qaytib keldi. Quyida qatnashchilari ro'yxati bilan tanishish mumkin.
Fabio Kapello – “Jiangsu Suning” (Xitoy);
Feliks Magat – “Shandong Luneng” (Xitoy);
Gus Poe – “Shanxay Shenxua” (Xitoy);
Dragan Stoykovich – “Guanchjou R&F” (Xitoy);
Andre Villash-Boash – “Shanxay SIPG” (Xitoy);
Ju Guangyu – Xitoy terma jamoasi sobiq ustozi (Xitoy);
Fu Bo – “Guanchjou Evergrand” yordamchi murabbiyi (Xitoy);
Choy Kang-Hi – “Chonbuk Motors” (J. Koreya);
Xvang Sun-Xong – “Seul” (J. Koreya);
Shimotaira Takaxiro – “Kashiva Reysol” (Yaponiya);
Kevin Maska – “Melburn Viktori” (Avstraliya);
Mirko Yyelichich – “Lokomotiv” (O'zbekiston);
Alirizo Mansurian – “Istiqlol” Tehron (Eron);
Kristian Gross – “Al Ahli” sobiq ustozi (S. Arabistoni).


