"Lokomotiv" Tehronda. Jamoa "Ozodi" stadionida "Istiqlol"ga qarshi bahs olib boradi

Narzulla Saydullayev
13 mar 2017
"Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasining 3-turidan o'rin olgan bahsni Eron poytaxti Tehronda "Istiqlol"ga qarshi o'tkazadi.

13 mart kuni kechadigan bellashuv Osiyodagi eng katta stadionlardan biri "Ozodi" o'yingohida bo'lib o'tadi va mazkur bellashuv mahalliy vaqt bilan 19:00 (Toshkent vaqti bilan 20:30)da boshlanadi.



TEHRON
"Lokomotiv" delegaciyasi 12 mart kuni ertalab charter reys orqali soat 10:00da Tehron sari parvoz qildi va uch soatga yaqin parvozdan so'ng manzilga yetib keldi. Bizni Tehron xalqaro aeroportida "Istiqlol" klubi vakillari kutib olishdi. Manzilga yetib kelganimizda soat millari mahalliy vaqt bilan 11:30ni ko'rsatayotgan edi. Ma'lumot uchun, Eron bizdan bir yarim soat (orqada) farq qiladi.

Avtobusda bir soatlik yo'ldan so'ng "Persian Esteghlal Hotel" mehmonxonasiga yetib keldik va jamoa shu erda joylashdi. Aslini olganda masofa ko'p ham uzoq emas, faqat yo'ldagi tirbandlikni hisobga olib aytganda vaqt ko'pincha yo'l bo'shashini kutish bilan o'tib ketadi. Bu erga kelganimizdan so'ng mahalliy vaqt bilan 14:30da klub bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov, xalqaro bo'lim xodimi Sardor Akromov hamda jamoa administratori Baxtiyor Ismoilov hamrohligida Eron futbol federatsiyasi tomon yo'l oldik.



MITING
O'yindan oldingi rasmiy tadbirlar aynan shu binoda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan ekan. Bu erda dastlab har ikkala klub vakillari hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting tashkil qilindi. Bunda bir qator tashkiliy masalalar, shuningdek, ertangi bahsda kimning qaysi libosda to'p tepishiga oydinlik kiritib olindi.

Demak, "Lokomotiv" safarda "Istiqlol"ga qarshi bahsni oq rangli futbolkalarda, mezbonlar esa ko'k rangli futbolkada o'tkazishadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz