

“Temiryo'lchilar” tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida jamoa murabbiylar shtabi Minsk yig'iniga ayni damda ikki legionerni ko'rikdan o'tish uchun taklif etgan.
“Lokomotiv” futbol klubi taklif etgan futbolchilar bilan sizni tanishtirib o'tamiz.
Bratislav Punoshevac
9 iyul, 1987 yil Serbiyaning Krushevac shaxrida tavallud topgan.
Hujumchi, bo'yi 1.89 m
Futbolchilik faoliyatini “Napredak Krushevac” klubida boshlagan. Punoshevac “Otulul Galati” (Ruminiya), “Targu Mures” (Ruminiya), “Avisfa Fukuoka” (Yaponiya), “Radnichki Nish ” (Serbiya), “Budapesht Xonved” (Vengriya) va “Bekashaba” (Vengriya) klublari tarkibida harakat qilgan.

Sasha Kaykut
7 iyul, 1984 yil Bosniya va Gercogoviniyaning Banaluka shaxrida tug'ilgan.
Hujumchi, bo'yi 1.88 m
Faoliyatini maxalliy “Borac” klubida boshlagan. Professional karerasi davomida “Karlovac” (Xorvatiya), “Sherif” (Moldova), “Baku” “Ozarbayjon”, “Saut Chayna” (Gon-Kong) va so'nggi klubi Gretsiyaning “Veriya”si bo'lgan.

Bu ikki futbolchidan qaysi biri maqul kelsa ular “temiryo'lchilar” bilan shartnoma imzolaydi. Legionerlar bugun “Lokomotiv” tarkibida Grodno shaxrining “Neman” klubiga qarshi maydonga tushadi.


