“Lokomotiv” – “So'g'diyona” o'yini oldidan rasmiylar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
20 apr 2018, 23:20
Ertaga, 21 aprel kuni “Lokomotiv” Superliga 7-turi doirasida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasini qabul qiladi.

Bugun mazkur ikki jamoa o'yini oldidan rasmiylar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Unda komissar, o'yin nzaoratchisi, har ikki jamoa mamurlari va matbuot kotiblari ishtirok etishdi.  Yig'ilishda tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Qolaversa, ertangi o'yin liboslari masalasi hal etildi.

Unga ko'ra, “Lokomotiv” ertaga qizil-yashil-yashil libosda maydonga chiqadigan bo'ldi. “So'g'diyona” esa oq-qora-oq formada o'ynaydi.

Takidlash joiz, “Lokomotiv” – “So'g'diyona” bahsi sat 20:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz