

Bugun etuk rahbar, shuningdek futbolning ashaddiy ishqibozi sanaladigan Achilbay Jumaniyazovich o'zining 55 yoshni qarshi oldi.
"Lokomotiv" futbol klubi o'zbek futboli va umuman yurtimizda sport rivoji uchun jon koyitib ishlab kelayotgan rahbarlardan biri Achilbay Ramatovni tug'ilgan kuni bilan tabriklaydi.
Biz u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik hamda oilaviy tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Umid qilamizki, Achilbay Jumaniyazovich qo'l ostida "Lokomotiv" futbol klubi yanada yuqori marralarni zabt etadi.


