"Lokomotiv" o'zbek klublari so'nggi 10 yilda qila olmagan ishni bajardi

Narzulla Saydullayev
4 apr 2018
Kecha OCHL-2018 guruh bosqichi 5-turidan o'rin olgan "Al Vahda" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu o'yinda "Lokomotiv" raqibni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Shu tariqa, "temiryo'lchilar" o'z tarixida birinchi bor Osiyo chempionlar ligasi doirasidagi safardagi o'yinda 4ta gol urishning uddasidan chiqishdi.  

O'zbek klublari OCHLda so'nggi bor 2008 yil 23 aprel kuni bitta o'yinda 4ta gol urishgandi. O'shanda "Paxtakor" safarda Iroqning "Arbil" klubini 5:1 hisobida mag'lub etgandi. Shundan so'ng, kechagi kunga qadar hech bir klubimiz bir o'yinda 3tadan ortiq gol ura olmagan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia