“Lokomotiv” OCHL-2018 uchun 27 futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi, Rashidov ham bor

Narzulla Saydullayev
6 fev 2018
O'zbekiston chempioni – “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasining 2018 yilgi mavsumida “B” guruhida ishtirok etadi.

“Lokomotiv” qitamizning klublar miqiyosidagi eng nufuzli musobaqasi uchun 27 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi. Ularning 23 nafari mahalliy o'yinchilar, 4 nafari esa legionerlardir. “Temiryo'lchilar” legionerlar limitidan to'liq foydalandi.


“Lokomotiv”ning ro'yxatdan o'tkazgan futbolchilari

Darvozabonlar:  Ignatiy Nesterov, Mamur Ikromov, Rustam Nartajiev, Sarvar Karimov.

Himoyachilar:  Islom To'xtaxo'jaev, Salim Mustafoev, Oleg Zoteev, Sergey Proxorov, Shuxrat Muhammadiev, Bobur Yo'ldoshev, Farrux Ibrohimov.

Yarim himoyachilar:  Sadriddin Abdullaev, Sherzod Karimov, Sardor Mirzaev, Ikrom Aliboev, Diyor Turopov, Sanjar Shoahmedov, Sardor Rashidov, Nivaldo, Igor Yelich, Kaxi Maxaradze.

 Hujumchilar:  Marat Bikmaev, Cho Suk Jae, Idris Bikmaykin, Aziz Amonov, Husniddin G'ofurov, Murod Bobojonov.


Ta'kidlab o'tamiz, 12 fevral kuni “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasi yangi mavsumining guruh bosqich dastlabki tur o'yinini o'tkazadi. Jamoamizga BAAning “Al Vahda” klubi raqiblik qiladi. O'yin soat 16:00da start oladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz