"Lokomotiv" isroillik futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
18 fev 2020
"Guanjou Fuli" hujumchisi Eran Zaxavi faoliyatini RPLda davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, 32 yoshli isroillik futbolchining xizmatlariga Moskvaning "Lokomotiv" klubi qiziqish bildirmoqda.

Moskva klubi Eran Zaxavini "Selta"ga ijaraga berilgan Fyodor Smolovning o'rnida o'ynatmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Zaxavi joriy mavsum Xitoy chempionatida 28ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Спорт-Экспресс