

Ana endi natijalarni e'lon qiladigan vaqt keldi. Anchagina ko'psonli ishqibozlar ishtirok etgan mazkur so'rovnoma yakunlariga ko'ra, Ignatiy Nesterov o'tgan oydagi ko'rsatgichlari bo'yicha “Lokomotiv”ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U jami ovoz berganlarning 46% ovozini yig'ishga erishdi. Shuningdek, yosh yarim himoyachi Ikrom Aliboevga ham ko'pchilik ovoz berdi. Biroq Ikrom 36% ovoz bilan ikkinchi pog'onaga joylashdi. Ovoz berish jarayoni natijalariga ko'ra, uchinchi deya 22% ovoz bilan Jaloliddin Masharipov etirof etildi.



