"Lokomotiv" futbolchisi "Atletiko"dagi eng katta xavf haqida gapirdi

Alisher
30 sen 2019, 16:12
"Lokomotiv" himoyachisi Vedran Chorluka CHL doirasidagi "Atletiko"ga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Eng xavflisi - bu Simeone. U emociyaga berilgan holda jamoani boshqaradi. Bu tomonlama u bizning murabbiyga ham o'xshab ketadi. 

"Atletiko"da aniq bir futbolchini eng kuchli deb ko'rsata olmayman, umumiy jihatdan juda kuchli jamoa.

Felish - juda sifatli, istedodli va tezkor futbolchi. Albatta, unga qarshi o'ynash qiyin bo'ladi, - deydi Vedran Chorluka.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Atletiko" o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.


AlisherMuallif
Manba: fclm.ru