"Lokomotiv" futbolchilariga "Gentra" avtomobillari kaliti va oltin medallar topshirildi FOTO

Mirjalol Normatov
31 dek 2019
Kecha poytaxtimizdagi muhtasham "Osiyo Grand" tantanalar zalida "Lokomotiv"ning chempion bo'lishida o'zlarining munosib hissalarini qo'shgan insonlar ajoyib tarzda taqdirlandi.

Unda o'zbek futbolidagi hurmatli insonlar, "Lokomotiv" futbol klubi futbolchilari va uning yaqinlari, xodimlari va yana ko'plab mehmonlar ishtirok etishdi.

"O'zbekiston temir yo'llari" akciyadorlik jamiyati tomonidan jamoaning 19 nafar futbolchisiga "Gentra" avtomobillari, murabbiylar shtabi a'zolariga "Gentra", "Cobalt", "Spark" avtomobillari sovg'a qilindi. O'zbekiston futbol federatsiyasi I-vice prezidenti Umid Ahmadjonov "Lokomotiv" futbolchilariga O'zbekiston chempionligi kubogini topshirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz