“Lokomotiv” futbolchilari onkologiya ilmiy markazida davolanayotgan bolalarga Yangi Yil sovg'alari ulashishdi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2017
Yangi Yil bayrami kirib kelishiga ham juda oz fursat qolmoqda. Ushbu bayramni ayniqsa, bolajonlar juda katta intiqlik bilan kutishmoqda.

Shu sababli bugun mamlakatimizning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi vakillari O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Respublika onkologiya ilmiy markazi bolalar bo'limiga tashrif buyurishdi va u erda davolanayotgan bemor bolakaylarga sovg'alar ulashib, ularni bayram bilan qutlashdi.

Respublika onkologiya ilmiy markazi bolalar bo'limida davolanayotgan bolajonlarni murabbiylar – Andrey Miklyaev, Andrey Fyodorov, Timur Kapadze, shuningdek, Mamur Ikromov, Diyor Turopov, Marat Bikmaev, Sherzod Fayziev, Salim Mustafoev, Sardor Mirzaev, Shuxrat Muhammadiev, Sanjar Shoahmedov, Oleg Zoteev, Sarvar Karimov, Sadriddin Abdullaev, Islom To'xtaxo'jaev, Ignatiy Nesterov, Aziz Amonov, Farruh Ibrohimov, Murod Bobojonov, Bobir Davlatov kabi futbolchilar, jamoa mamuri Baxtiyor Ismoilov hamda klub matbuot kotibi Zoxirjon Akramxonov tashrifi juda xursand qildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz