“Lokomotiv” futbol klubi kiberfutbolchisi Abdusapi Qayumov Halqaro “Super League – 2016” musobaqasi g'olibi

Narzulla Saydullayev
21 sen 2016
Xabaringiz bor, yaqinda “Lokomotiv” futbol klubi bir qator profesional kiberfutbolchilar bilan shartnoma imzolagan edi.

PCFL (Professional Cyber Football League) ligasiga tayyorgarlik ko'rayotgan “Lokomotiv” futbol klubi sardori, professional kiberfutbolchisi Abdusapi Qayumov “Super League – 2016” musobaqasi g'olibiga aylandi.

Musobaqada MDH va jaxonning eng kuchli kiberfutbolchilari bahs olib borishdi.  Abdusapi Qayumovdan tashqari ham ushbu musobaqada Ufenok77 (Robert Faxrutdinov, Rossiya) zynx_xx (Nikita Sirotkin, Rossiya), storm.alibebeto7 (Muhammad Turg'unboev, O'zbekiston)  vakillari ishtirok  etishdi.

Bir oy qiziqarli va murosasiz  kechgan baxslarda finalgacha yetib borgan jamoamiz kiberfutbolchisi Abdusapi Qayumov (Abdusapi_Legend_Loko) birinchi o'rinni egalladi. Rus kiberfutbolchilari esa keyingi o'rinlarda Nikita Sirotkin (zynx_xx)  ikkinchi bo'lgan bo'lsa, uchinchi o'rin Milan Narin (MilNar30)lar band  etishdi.

Abdusapi Qayumov (Abdusapi_Legend_Loko)ni ushbu sovrin bilan tabriklaymiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz