"Lokomotiv" Chexiya Kubogi finalchisi bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2026
"Lokomotiv" yangi mavsumga tayyorgarlikni uch bosqichda olib boradi.

5-27 yanvar kunlarida jamoa Toshkentda ilk bosqichni o'tkazadi. Ikkinchi bosqich esa 28 yanvar - 18 fevral kunlarida Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkaziladi. Uchinchi bosqich o'z qarorgohida davom ettiriladi.

Xorij yig'inida jamoa 9 nazorat uchrashuvida qatnashadi. Hozircha raqiblardan 4 tasi aniq:

1 fevral | "Qiziljar" (Qozog'iston)

4 fevral | "Bihor" (Ruminiya)

7 fevral | "Opava" (Chexiya)

12 fevral | "Samgurali" (Gruziya)

Ma'lumot o'rnida, "Opava" 2016/17 yilgi mavsumda Chexiya Kubogi finalchisi bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати