2011 yilda qayta tashkil etilgan Lokomotiv bolalar va o'smirlar futbol maktabi o'tgan davr ichida sezilarli yutuqlarga erishdi. Bir qator iqtidorli yoshlarimiz turli yoshdagi mamlakat terma jamoasi safidan o'rin olib ulgurishdi. Bunga o'smirlar terma jamoasi bilan Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan Sarvar Karimov, yoshlar o'rtasida Turkiyada o'tkazilgan jahon chempionati ishtirokchilari Boburbek Yo'ldoshev, Sardor Raxmonov (u Mashal akademiyasida kamol topgan bo'lsa-da, hozir Lokomotiv yoshlar jamoasi sharafini himoya qilmoqda), Bahodir Mirsoatovlarni misol keltirish mumkin. Jamoamiz murabbiylar shtabi bu futbolchilarga Lokomotivning umidi sifatida qarashmoqda. Shuningdek, yana bir qator yoshlar o'smirlar terma jamoalariga nomzodlar qatorida tilga olinmoqda.
Bolalar va o'smirlar futbol jamoalari o'rtasida o'tkazilayotgan Toshkent shahar birinchiligining joriy yilgi musobaqalarida yosh temiryo'lchilar 6 yosh toifasida ishtirok etishyapti. 1996-97, 1998, 1999, 2000, 2001, 2002 yillarda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan Lokomotiv bolalar va o'smirlar futbol jamoasi shahar birinchiligida munosib to'p surishga harakat qilmoqda. Shuni takidlash kerak, barcha yosh toifalarida Lokomotiv bolalar va o'smirlar maktabi tarbiyalanuvchilariga o'z davrining nomdor futbolchilari murabbiylik qilib kelishmoqda. Jumladan, 1996-97 yillarda tug'ilgan yoshlarga o'z vaqtida Do'stlik va Samarqand-Dinamo singari jamoalarda to'p surgan Sergey Loshak futbol sirlarini o'rgatib kelayotgan bo'lsa, 1998 yilda tug'ilgan bolalarga mashhur himoyachi Yuriy Vintovkin ustozlik qilib keladi. 1999 yilda tug'ilgan o'smirlar esa Davron Dosumov hamda sobiq Paxtakorchi Nizom Nortojievlardan futbol sirlarini o'zlashtirishyapti. Qolgan uchta yosh toifasiga mohir yarim himoyachi Alisher Bozorov murabbiy sanaladi.
Joriy yilgi Toshkent shahar birinchiligida Lokomotiv bolalar va o'smirlar futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan bir guruhdan Bunyodkor-Akademiya, Spartak-2, RKOR (Respublika Olimpiya zahiralari kolleji), Olmazor, Yuzrabot, Istiqlol-2, Olimpik, Sergeli, Chilonzor, Toshkent City, 1-son Toshkent shahar futbol maktab internati, 22-son OZBO'SM, 24-son BO'SM, 26-son BO'SM hamda TAPOiCH jamoalarining yosh futbolchilari o'rin olishgan. 1-bosqich o'yinlaridan keyin Lokomotiv bolalar va o'smirlar futbol maktabi jamoasi umumiy hisobda kuchli beshlikdan joy olib turishibdi. Bu esa yosh temiryo'lchilarga hozir egallab turgan o'rnini saqlab qoladigan bo'lsa keyingi bosqichda narigi guruhda dastlabki 5 o'rinni egallagan jamoalarga qarshi bahs olib borish imkonini beradi. Ayni paytda yosh futbolchilar yozgi tatilga chiqishgan. 2-bosqich o'yinlari esa avgust oyining ikkinchi yarmida boshlanadi.