

O'zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich 8-turidan o'rin olgan va 5:4 hisobida Lokomotiv-BFK g'alabasi bilan yakuniga etgan Lokomotiv-BFK – Oqtepa uchrashuvida 4ta ogohlantirishi bo'lgan va Oqtepaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi kerak bo'lgan yarim himoyachi Botir Latipovni maydonga tushirgani munosabati bilan Lokomotiv-BFKga texnik mag'lubiyat yozildi.
O'zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich 8-turidan o'rin olgan Lokomotiv-BFK – Oqtepa uchrashuvida O'zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi musobaqalarning 2014 yil uchun Reglamenti (4-modda, 4.27-band)ni buzgani uchun, Lokomotiv-BFK PFKga texnik mag'lubiyat (-:+) yozildi. Oqtepa PFKga esa texnik g'alaba (+:-) yozildi.
Lokomotiv-BFK – Oqtepa (5:4) uchrashuvidagi gollar bekor qilindi, ko'rsatilgan ogohlantirishlar esa o'z kuchida qoldi.
Tartib-intizom kodeksi (5-modda, 5.22-band)ga asosan, Lokomotiv-BFK PFKga jarima solindi.
Botir Latipov amaldagi eng yaqin, navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi.
12 may holatiga ko'ra
| # | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | O |
| 1 | Qo'qon-1912 | 8 | 5 | 3 | 0 | 15 - 3 | 12 | 18 |
| 2 | Oq-tepa | 8 | 5 | 1 | 2 | 13 - 8 | 5 | 16 |
| 3 | Xotira-79 | 8 | 5 | 1 | 2 | 11 - 6 | 5 | 16 |
| 4 | Kosonsoy | 8 | 4 | 1 | 3 | 17 - 14 | 3 | 13 |
| 5 | NBU-Osiyo | 8 | 4 | 1 | 3 | 11 - 9 | 2 | 13 |
| 6 | UzDongJu | 8 | 4 | 0 | 4 | 12 - 11 | 1 | 12 |
| 7 | Obod | 8 | 4 | 0 | 4 | 11 - 11 | 0 | 12 |
| 8 | Istiqlol | 8 | 3 | 1 | 4 | 13 - 18 | -5 | 10 |
| 9 | Bunyodkor-2 | 8 | 2 | 2 | 4 | 10 - 13 | -3 | 8 |
| 10 | Chust-Paxtakor | 8 | 2 | 1 | 5 | 8 - 14 | -6 | 7 |
| 11 | Lokomotiv BFK | 8 | 1 | 3 | 4 | 4 - 9 | -5 | 6 |
| 12 | Paxtakor-2 | 8 | 1 | 2 | 5 | 5 - 15 | -10 | 5 |



