"Lokomotiv" Antaliyadagi yig'inini yirik g'alaba bilan yakunladi

Оқил Абдубарноев
20 fev 2024
Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko'rayotgan Toshkentning "Lokomotiv" klubi Rossiyaning "Kuban" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Mazkur bahsda "temiryo'lchilar" raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limning 50-daqiqasida Izzatilla Abdullaev "Lokomotiv"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, Sardor Abdunabiev 60 va 63-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasining yirik g'alabasini taminladi.

"Lokomotiv" 3:0 "Kuban" (Rossiya)

Gollar: Izzatilla Abdullaev (50), Sardor Abdunabiev (60, 63).

"Lokomotiv": Abdumavlon Abdujalilov, Abdulaziz Abdurashidxonov, Muhammadanas Hasanov, Ivan Rogach, Dilshod Komilov, Abubakir-Rizo Turdialiev, Damyan Krayishnik, Lazizbek Mirzaev, Izzatilla Abdullaev, Jasur Hakimov, Ivan Bulatovich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Suhrob Sultonov, Sardor Abdunabiev, Sobit Sindarov, Jahongir Hoshimboev.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати