“Lokomotiv-2006”: 3 g'alaba, SSKA bilan durang, “Kyoln” ga yutkazdik

Narzulla Saydullayev
27 may 2017
Oldingi xabarlarimizda “Lokomotiv -2006”ning Latviyaga jo'nab ketgani va Liepaja Spring Cup musobaqasida o'z ishtirokini boshlagani haqida ma'lumot berib o'tgandik.

Kecha tarbiyalanuvchilarimiz “S” guruhida “Elgava” (Latviya), “Tabasalu” (Estoniya), “Shyaulyay” (Litva) klublarini bir xil – 1:0 hisobi bilan mag'lubiyatga uchratishdi. Germaniyaning eng kuchli akademiyalaridan biri sanaladigan “Kyoln” klubidan mag'lubiyatga uchragan bo'lsak, Rossiyaning SSKA klubi bilan 1:1 natijasi qayd etildi. Guruhda yosh “temiryo'lchilar” SSKA bilan bir xil 10 ochko jamg'ardi, ammo to'plar nisbatiga ko'ra uchinchi o'rinni egallab kumush guruh (Silver group)dan joy oldi.



Bugun Erkin Saidov va Sunnat Ro'ziev boshchiligidagi “Lokomotiv-2006” Estoniyaning “Tallin”, Finlyandiyaning “KaPa Yunayted”, Latviyaning “Shyaulyay”, Litvaning “FM Fortuna” va “Baltay” jamoalariga qarshi maydonga tushadi.



Kichik “temiro'lchilar”ga omad tilaymiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz