"Liverpul"ning yangi o'yinchisi koronavirusga chalindi

Alisher
5 sen 2020
"Liverpul" va Gretsiya terma jamoasi himoyachisi Konstantinos Cimikas koronavirus infekciyasini yuqtirib oldi.

Cimikasning COVID-19 uchun topshirgan testi musbat natija berdi. Himoyachi tez orada Millatlar Ligasi doirasidagi Kosovoga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rayotgan Gretsiya terma jamoasi ixtiyorini tark etadi.

Cimikas "Olimpiakos" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U yakunlangan mavsum Gretsiya chempionati doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

Futbolchi 10 avgust kuni "Liverpul" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Grek mersisaydliklar tarkibida 21-raqam ostida to'p tepadi.


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.gr