“Liverpul”ning mag'lubiyatsiz seriyasi 23 o'yinga etdi

Eldor Akmurzayev
28 okt 2021
Angliya Liga Kubogi 4-bosqichida Yurgen Klopp boshqaruvidagi jamoa safarda “Preston”ni taslim (2:0) etdi.

Shu tariqa, “Liverpul”ning barcha musobaqalardagi mag'lubiyatsiz seriyasi 23 o'yinga etdi. Jamoa mazkur uchrashuvlarning 17 tasida zafar quchgan bo'lsa, 6 bahsda raqiblar bilan murosa yo'li yanlangan.

Mersisaydliklar ustidan oxirgi marta 6 aprel kuni Chempionlar Ligasi doirasida “Real” (1:3) g'alabaga erishgandi.

“Liverpul”ni oldinda APL 10-turidan o'rin olgan “Brayton”ga qarshi to'qnashuv kutmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru