"Liverpul"ning asosiy futbolchisi "Bornmut"ga qarshi o'ynamasligi mumkin

Mirjalol Normatov
20 sen 2024
"Liverpul" posboni Alisson jamoasining navbatdagi uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.

Oyog'ining boldiridagi muammolari sababli posbon shanba kuni "Bornmut"ga qarshi o'ynamasligi mumkin. "Qizillar" bosh murabbiyi Arne Slotning tasdiqlashicha, braziliyalik futbolchi "Milan"ga qarshi o'yingacha jarohatlanib bo'lgan, o'yindan keyin o'zini yomon his qilishni boshlagan.

Ushbu mavsumda Alisson barcha turnirlarda 4 o'yin o'tkazib, shularning 3tasida gol o'tkazib yubormadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Associated Press