"Liverpul"ga qarshi bahsda Gvardiola shogirdlaridan biri maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
8 sen 2017, 18:45
"Manchester Siti" himoyachisi va sardori Vensan Kompani "Liverpul"ga qarshi APLning 4-tur uchrashuvida ishtirok eta olmaydi.

Bu haqda "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola matbuot-anjumanida ma'lum qildi.

"Ertaga Kompani maydonga tusha oladi deb o'ylamayman. U o'tgan mavsumning so'nggi 7-9 uchrashuvida muammosiz harakat qilgandi. U tezroq sog'ayib ketishini xohlayman" - deydi Gvardiola.

"Manchester Siti" - "Liverpul" uchrashuvi 9 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com